Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar
10.03.2021 17:29,  
60

Prezident matbuot xizmatning axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.

Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishlari ko‘zda tutilgan.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ldi, o‘sha yilning may oyida esa Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer javob tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Germaniya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investitsiyalari o‘zlashtirilgan. O‘zbekistonda 200 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан