Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev va Japarov “Xitoy – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurishni muhokama qildi
12.11.2021 13:50,  
83

Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tongda Istanbul shahrida o‘tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

"Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan yangidan tashkil etilgan Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Madaniy almashinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda", deyiladi rasmiy xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан