Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev va Ruhoniy bilan pandemiya davrida aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqot qildi
6.05.2020 19:18,  
138

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-birlari va do‘st xalqlarimizga koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq bugungi murakkab davrda sihat-salomatlik va farovonlik tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar pandemiyaning savdo amaliyotlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari, eksport-import yuklarining tranzit tashuvlari uchun salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga video anjumanlar o‘tkazib borishni davom ettirishni topshirdi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va yaqindan hamkorlik qilishga, jumladan, ushbu xavfli kasallikni profilaktika qilish va davolash borasida, aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi galdagi choralar bo‘yicha axborot va tajriba almashishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан