Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev: «Zo‘ravonlik siyosatidan foyda bo‘lganida 30 yilda zo‘r bo‘lib ketgan bo‘lar edik»
3.08.2019 10:59,  
29

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda davlat rahbari joylardagi «snoslar» masalasiga alohida to‘xtalgan.

«Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardilaring, butun dunyoga sharmanda qildilaring. Qo‘lingdan kelmasa nima qilasan buzib? Buzishdan oldin o‘zingni kallangni buz! Yoki men senlarga shunday topshiriq berdimmi? Odamlarni rozi qilib, loyiha qilib, Bosh vazirga hisobot berib, keyin amalga oshirlaring deganman», — deya kuyingan Prezident.

Shavkat Mirziyoyev, xususan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarining bu boradagi ishlarini «xiyonat» deb baholagan.

«Xorazm hokimi Ermanov-ku, kecha kelgan, Qashqadaryo hokimi Ro‘ziyev, Farg‘ona hokimi G‘aniyev, senlar xiyonatchisan. Senlar bilan shunday katta-katta ishlarni amalga oshirib bo‘ladimi? Senlarga topshiriq berishga odam qo‘rqadi. Saviyang yo‘q, biliming yo‘q, ilming yo‘q. Kitob o‘qimaysan, Prezidentning qarorini o‘qimaysan. Men birinchi kundan aytganman odamlarni bugun rozi qilaylik deb. Senlarni ishing rozi qilish u yoqda tursin, turgan bitgani norozichilik», — ta’kidlagan Prezident.

Men yana bir marta takrorlayman: bunday zo‘ravonlik siyosati bilan biz uzoqqa bora olmaymiz. Agar zo‘ravonlik siyosati foydali bo‘lganida 30 yilda zo‘r bo‘lib ketgan bo‘lar edik.

Ermanovning qilgan qilig‘i, Ro‘ziyevning qilgan xiyonati — bu madaniyatsizlik.

Endi uchovi Internet orqali murojaat qilsin, Abdulla Negmatovich! Ro‘ziyev ham, Ermanov ham, G‘aniyev ham — hammasi. Qanday qilib murojaat qilishini siz o‘zingiz ayting.

Butun elga aytsin: O‘zbekistonni unday deb o‘ylamanglar, men ahmoqlik qilganman, men xiyonat qilganman, deb. Millat emas, mamlakat emas, davlat emas, deb. Kerak bo‘lsa o‘sha blogerlarni yig‘sin, blogerlarga o‘zlari hisobot berishsin», — degan Shavkat Mirziyoyev videoselektorda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан