Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining 7 nafar xodimi 8 marotaba javobgarlikka tortilgan
26.02.2021 10:30,  
256

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining sessiyasida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida ijro intizomini yanada mustahkamlash hamda tuman hokimligi majmualarining 2021 yil I yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Unga ko‘ra, tuman hokimligiga 2020 yil davomida 4360 ta (2019 yilda 9863ta) yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 778 tasi (17,8%) sayyor qabullar davomida, 1716 tasi (39,4%) yozma shaklda, 1866 tasi elektron shakldagi murojaatlarga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 1913 tasi qanoatlantirilgan, 2295 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 152 tasiga rad javobi berilgan.

Ushbu jarayonlarda ijro intizomini qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘ygan tuman hokimligining 7 nafar xodimlariga 8 marotaba (2019 yilda 6 marotaba) intizomiy javobgarlikka (xayfisan) tortilgan, 5 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан