Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirzo Ulug‘bek tuman “Ulug‘bek” mahallasi kuchaytirilgan karantinga olindi
14.05.2020 20:00,  
1130

Mirzo Ulug‘bek tuman “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus pandimiyasi bilan kasallangan hamda ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin qoidalariga amal qilish kuchaytirildi.

Mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo‘llari blok postlari tashkil etilgan holda to‘liq yopilganini ma’lum qilamiz. Ushbu hududda tunu kun navbatchilik tashkil etilib, qat’iy nazoratga olindi.

Fuqarolarning karantin davrida uydan chiqmasligi, faqatgina zarur hollarda, ya’ni, bir oiladan bir kishiga tibbiy dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari haridi uchun tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena himoya vositalaridan foydalangan holda chiqishlariga ruxsat etiladi.

“Ulug‘bek” mahallasi hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.

"Hurmatli fuqarolar ushbu karantin qoidalariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz va bu orqali o‘zingiz va oila a’zolaringizni salomatligini asragan bo‘lasiz!" deyiladi Mirzo Ulug‘bek tumani matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан