Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misr 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi
4.01.2022 21:09,  
29

Qora qit’aning tarixiy mamlakatlaridan biri Misr 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish niyatida. Bu haqida mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi ma’lum qilgan.

Sobhining ta’kidlashicha, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat jo‘natishga tayyor. Qayd etish joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirib o‘tgan. Boisi hozirgacha faqatgina ushbu qit’a hech qachon Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmagan.

Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya shaharchasi” nomli yirik sport kompleks qurilishi olib borilmoqda. U yerda Olimpiya shaharchasi va 90 ming o‘rinli asosiy marosimlar o‘tkaziladigan bosh stadion, suzish havzasi va tennis kortlari kabi sport inshootlar qad rostlaydi.

Hozirgacha Misrdan tashqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini bildirgan.

Afrika davlatlari orasida so‘nggi bor Keyptaun 2004 yilgi Olimpiadani qabul qilish uchun kurash olib borgan. Ma’lumki, yakunda mezbonlik Afina shahriga berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан