Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misr Ukraina bug‘doyini sotib olish shartnomasini bekor qildi
28.07.2022 09:27,  
180

Misr 2021-yil dekabr oyida Ukrainadan sotib olingan 240 ming tonna bug‘doy sotib olish bo‘yicha shartnomalarni bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida Misr hukumati bir tonna donni 346 dan 360 dollargacha sotib olgan. Biroq, Ukrainadagi vaziyat tufayli bron qilingan yuk hech qachon yetkazib berilmagan.

Qayd etilishicha, shu fonda Misrning Tovar yetkazib berish bosh boshqarmasi (GASC) Nibulon va Inerco yetkazib beruvchi kompaniyalarni «shartnoma majburiyatlaridan ozod qilgan».

Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari 22-iyul kuni Istanbuldagi tantanali marosimda Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан