Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misrdan qaytgan o‘zbekistonliklar Karmanadagi sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi
18.03.2020 16:18,  
183

18 mart kuni Misr davlatidan 178 nafar mamlakatimiz fuqarolari Navoiy xalqaro aeroportida kutib olinib, Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Karantin kuzatuviga olinganlarning 50 nafarini erkaklar, 90 nafarini ayollar va 40 nafarini bolalar tashkil etib, ular orasida isitma qilgan va boshqa shikoyatlari bo‘lganlar yo‘q. 

Barcha yo‘lovchilar 14 kunlik karantin kuzatuviga olinib, ularga maxsus tayyorgarlik o‘quvlaridan o‘tgan 60 nafar tibbiyot xodimlari biriktirildi. 

Sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirilgan barcha yurtdoshlarimizning belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi tashkil etilgan. 

Vaqtincha karantin muddati tugagach barcha yurtdoshlarimiz o‘z viloyatlari – yashash manzillariga tegishli tartibda kuzatib qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан