Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misrning sobiq prezidenti Muhammad Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi
25.02.2020 16:32,  
390

Qariyb 30 yil davomida Misr Arab Respublikasini boshqargan sobiq prezident Muhammad Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 2020 yil 25 fevral, seshanba kuni Misr davlat televideniyasi xabar qildi

Asli harbiy bo‘lgan Husni Muborak 1981 yili, avvalgi prezident Anvar Sadat o‘limidan keyin hokimiyatga kelgan bo‘lib, bir necha bor qayta saylanish orqali “Arab bahori” avjiga chiqqan 2011 yilgacha Misrni tanaffussiz boshqarib keldi.  

2011 yil 25 yanvarda Misr poytaxti Qohirada boshlangan aksilhukumat namoyishlar butun mamlakatga tarqalishi, buning ortidan tartibsizlik va zo‘rvonliklar kelib chiqishi manzarasida Husni Muborak 2011 yil 11 fevralda o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqdi. 

Ammo u bir qator ayblovlar bilan sudga tortildi va miyasiga qon quyilgani tufayli erkin harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘lganiga qaramay ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Faqat 2017 yilga kelibgina unga qo‘yilgan ayblovlarning aksariyati bekor qilinib, ozodlikka chiqarilgandi. 

Muborakdan keyin Misr tarixida o‘tgan ilk demokratik saylovlar natijasida 2012 yil iyunda hokimiyatga kelgan Muhammad Mursiy oradan bir yil o‘tib, 2013 yil 3 iyulda harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darildi va 2019 yil iyunda qamoqda vafot etdi. 

Muhammad Husni Muborak 1928 yili Nil vohasidagi qishloqlardan birida tug‘ilgan. U 1949 yili Misr harbiy havo kuchlari safiga qo‘shilgan va 1972 yilga kelib harbiy havo kuchlari qo‘mondoniga aylangan. Muborak 1973 yili oktyabrda Sinay yarim orolida Isroilga qarshi urushdagi ishtiroki uchun milliy qahramonga aylangan edi

Muborakning prezidentlik yillari korrupsiya, siyosiy tazyiq va qatag‘onlar, iqtisodiy muammolar bilan esga olinadi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан