Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Missuri shtati koronavirus tufayli Xitoyni sudga berdi
22.04.2020 09:03,  
794

AQShning Missuri shtati koronavirus pandemiyasiga sababchi bo‘lgan deb Xitoy Xalq Respublikasini sudga berdi. Bu haqda shtat bosh prokurori Erikk Shmitga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

«Xitoy hukumati COVID-19 ning xavfi va yuqumliligi haqida butun dunyoga yolg‘on gapirdi, shikoyat qilganlarni jim qildi va kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun hech narsa qilmadi. Ular o‘z qilmishlari uchun javob berishlari kerak», - deydi Shmitt.

Da’vo arizasida Xitoy ma’murlari «jamoatchilikni aldashda, muhim ma’lumotlarni e’lon qilmaslikda, shikoyat qiluvchilarni hibsga olishda, odamdan odamga virusning yuqtirishni inkor etishda, tibbiy tadqiqotlarni yo‘q qilishda, millionlab odamlarga virus bilan aloqa qilishiga imkon berishda» ayblanmoqda. Xitoy hukumati bu va boshqa ayblovlarni rad etyapti

Missuri shtati ma’muriyati shuningdek, XXRni virusni dastlabki bosqichda ushlab turmaganlikda ayblamoqda - 1 yanvar kuni 175 ming kishi Uxandan boshqa shaharlarga chiqib ketgan edi.

Shtat ma’muriyati ta’kidlashicha, pandemiya nafaqat odamlarning kasallanishi va o‘limiga olib keldi, balki millionlab ish o‘rinlari yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida aytib o‘tgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан