Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mixail Gorbachyovning holati og‘ir deb baholanmoqda
10.08.2019 12:24,  
20

Rus OAVlari sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning "o‘ta og‘ir" holati haqida yozmoqda.

Bu haqda sal oldin jurnalist Aleksey Venediktov "Gordon" ko‘rsatuvida ma’lum qilgan edi.

"Miyasi yaxshi ishlayapti, harakatlanishi og‘ir, juda ko‘p kasalliklar yig‘ilib qolgan — axir u 88 yoshda. So‘nggi ikki yilda - ahvoli juda og‘ir: mana olti oydirki u kasalxonada yashamoqda", - deb aytgan Venediktov.

Shuningdek, Gorbachyov vaqti-vaqti bilan unga restoranda uchrashishni taklif qilishini, jurnalist bu taklifga rad javobini berolmasligi ham ma’lum bo‘lgan.

"Shifokorimiz tavsiyasiga ko‘ra pivo ichamiz, Mixail Sergeyevich ham hozir pivo ichadi. Ilgarilari aroq ichardik", — deb ta’kidlagan Venediktov.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, Gorbachyov planshet va smartfon yordamida yangiliklarni kuzatib borar ekan. Sobiq prezidentga "Chenobil" seriali haqida ham ma’lumot yetib borgan, ammo u "og‘irligi" uchun serialni tomosha qilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан