Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Termizda uch egiz chaqaloq dunyoga keldi. Ularga qanday ism qo‘yildi?
7.10.2019 17:13,  
844

Termiz shahrida ajoyib xushxabar tarqaldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida Iroda Xo‘jamova bir yo‘la uch egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ayolning turmush o‘rtog‘i Umidjon Haydarov qurilish tashkilotida ishchi bo‘lib, mehnat qiladi. Bu baxtiyor oilada ikki qiz kamolga yetayotgan edi. Endilikda ular besh nafar bo‘ldi. Chaqaloqlarga yurtga munosib solih farzandlar bo‘lsin, degan ezgu niyatlar bilan Hasanboy, Fotima va Zuhra, deb ism qo‘yishdi.

Termiz shahar tibbiyot birlashmasidan ma’lum qilishlaricha, tug‘ilgan uch chaqaloq malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ular sog‘lom. Onani ham, chaqaloqlarni ham tajribali shifokorlar nazorat qilib, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан