Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Moderna» kompaniyasi «COVID-19»ning «omikron» shtammiga qarshi vaksina yaratishni o‘z zimmasiga oldi
28.11.2021 17:04,  
43

Amerikaning «Moderna» farmatsevtika kompaniyasi koronavirusning yaqinda aniqlangan «omikron» shtammiga bardosh bera oladigan vaksina ishlab chiqmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Manbada aytilishicha, immunitetni saqlab qolish uchun kompaniya rasman tasdiqlangan vaksinalarning kuchaytiruvchi dozalarini qo‘llashni taklif qilmoqda. 

Qayd etilishicha, yangi shtamm «delta» variantida mavjud mutatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, uning mutatsiyalari kombinatsiyasida tabiiy va vaksinalardan kelib chiqadigan immunitetning zaiflashishini tezlashtirishning sezilarli potensial xavfi ham bor.

«Moderna» allaqachon klinik jihatdan ikkita nomzod vaksinani o‘rganmoqda. Birinchi nomzod (mRNK-1273.211) «omikron» variantida mavjud bo‘lgan bir nechta mutatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ular koronavirusning «beta» shtammida ham bo‘lgan. Ikkinchi nomzod (mRNK-1273.213) «omikron»da mavjud bo‘lgan ko‘plab mutatsiyalarni o‘z ichiga oladi, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, tadqiqot natijalari yaqin haftalarda ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан