Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moderna o‘z vaksinasi narxini ma’lum qildi
22.11.2020 11:27,  
509

AQShning Moderna farmatsevtik kompaniyasi rahbari Stefan Bansel Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida o‘z vaksinasi narxini ma’lum qildi. Banselning ta’kidlashicha, kompaniya xaridor davlatlardan bir doza vaksina uchun 25 dollardan 37 dollargacha so‘raydi.

Moderna rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya Yevropa ittifoqiga vaksina yetkazish bo‘yicha kelishuv tuzishga yaqin turibdi.

“Og‘ir bemorlarda koronavirusni davolash sog‘liqni saqlash tizimiga qancha pulga tushishini hisobga olsak, bu adolatli narxdir”, deb aytgan Bansel.

Vaksina narxi buyurtma hajmiga ko‘ra o‘zgaradi. Banselning ta’kidlashicha, kompaniya yil oxirigacha 20 mln doza vaksina ishlab chiqarmoqchi va undan kichik hajmini Yevropaga taqdim qiladi. 

“Hozircha hech qanday hujjat imzolanmagan, biroq biz bunday kelishuvning Yevrokomissiya bilan tuzilishiga yaqin turibmiz. Biz Yevropani vaksina bilan ta’minlamoqchimiz va bu borada sermahsul muzokaralar olib bormoqdamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Bansel. Uning aytishicha, Bryussel bilan muzokaralar yakunlanish arafasida va masala bir necha kun ichida hal bo‘ladi.

16 noyabrda Moderna koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi 30 ming kishi ishtirokida sinovlarning 3-bosqichidan o‘tgani va 94,5 foizlik samaradorlik ko‘rsatganini ma’lum qilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан