Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moderna o‘zining vaksinasi koronavirusning og‘ir shakliga qarshi 100 foiz samara berishini ma’lum qildi
1.12.2020 12:54,  
223

Amerikaning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi dastlabki tahlilda 94,1 foiz, kasallikning og‘ir shaklida esa 100 foiz samaradorlik ko‘rsatganini ma’lum qildi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda kompaniyaning vaksinani AQShda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirayotgani to‘g‘risidagi xabarida ma’lum qilingan.

Sinovda jami 30 mingdan ortiq odam ishtirok etgan. Ulardan 196 nafari COVID-19’ga chalingan. Shundan 185 nafari platsebo olgan va 11 nafari vaksina olgan ko‘ngillilardir. Bu holatda, kompaniya xulosasiga ko‘ra, vaksina samaradorligi 94,1 foizni tashkil etdi.

Tajribada ishtirok etayotganlarning 30 nafari COVID-19’ning og‘ir shakli bilan kasallangan — ular vaksina o‘rniga platsebo olgan kishilardir. Vaksina olganlarning esa hech biri virusning og‘ir shakliga chalinmagan, bu esa vaksinaning shunday holatlarda 100 foiz samaradorli ekanligidan dalolat beradi.

Moderna tadqiqoti davomida platsebo olgan bir kishi koronavirusdan vafot etgan.

16 noyabr kuni Moderna vaksinasi III bosqich sinovlarida 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgan, ammo bu taxmin 95 ta holatni tahlil qilishga asoslangandi.

Noyabr oyida Pfizer va BioNTech o‘zining BNT162b2 vaksinasi uchinchi bosqich sinovlarida 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qildi. Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqaruvchilari uning samaradorligini 95 foizdan oshganini bildirdi. AstraZeneca Oksford universiteti bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan vaksinasining samaradorligi 70 foizni tashkil etganini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан