Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moldovalik sportchi -60 daraja sovuqda 50 km masofani yugurib o‘tdi (video)
15.01.2019 13:02,  
12

Molodvalik ekstremal sportchi Dmitriy Voloshin Yakutiyaning Oymyakon eng sovuq joyida 50 km masofani yugurib o‘tdi, deb xabar qilmoqda o‘lka ma’muriyati.

Sportchi -60 daraja sovuqda 50 kilometr masofani qutqaruvchilar va vrachlar yordamisiz, mustaqil bosib o‘tdi. Marafon davomida – 67 daraja sovuq havo harorati qayd etildi.

“Bu men uchun eng og‘ir sinov bo‘ldi. Bu ochiq koinotga chiqishga teng. Hech qanday kiyim sizni sovuqdan saqlay olmaydi. Yugurish vaqtimda yuzimni muzlatib olmaslikka harakat qildim. Nafas olish juda qiyin bo‘ldi. Havoda kislorod miqdori juda kam, mask esa muz bilan to‘lgan edi”, - dedi sportchi yugurishdan keyin.

Tadbir tashkilotchilari aytishiga qaraganda, ushbu marafon “Unfrozen” xayriya aksiyasi doirasida o‘tkazilgan. Sportchi ushbu ishni - bolalar serebral paralichi muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish, hamda 4 yoshli qizalok Yeva Pismenyukni davolash uchun mablag‘ jamlash maqsadida amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakutiya o‘lkasining Oymyakon qishlog‘i Yer sharida aholi yashaydigan eng sovuq joy hisoblanadi. 80 yil oldin u yerda  -71,2 daraja sovuq qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан