Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya institutida dinshunoslik, hayot faoliyati xavfsizligi, ekologiya, valeologiya fanlari nega kerak? Talaba institutni rivojlantirish strategiyasini taqdim etdi
17.09.2019 19:03,  
616

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari oshishi va bunga teskari ravishda stipendiyalar miqdorining bir xil qilib belgilangani ko‘pchilik (menimcha deyarli hamma) talabalarni norozi qilmay qo‘ymadi.

Bu vaziyatga hamma har xil pozitsiyada munosabat bildirdi. Masalan, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev “Yoshlar press klubi”da “…Agar stipendiya narxlari bir xil qilib belgilanadigan bo‘lsa, bu ishni qishki semestrdan keyin joriy etishni” taklif qildi. Bu fikrda ham jon bor, bir tomondan.

Sof.Uz tahririyatiga Toshkent Moliya institutida o‘quvchi bir talabadan xat kelib tushdi. U o‘z instituti misolida qanday qilib oliy ta’limni to‘laligicha o‘zini-o‘zi moliyalaydigan qilishni tushuntirib bergan. Biz talabaning xatini to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

“Assalomu alaykum, Sof.Uz nashri tahririyati!

Men Toshkent moliya instituti 3-bosqich talabasiman. Bizga o‘tgan yili oxirida institutimiz o‘zini o‘zi moliyalash tizimiga o‘tishi haqida ayrim ustozlarimiz aytishgandi. Agar shunaqa tizim joriy qilinadigan bo‘lsa, bu albatta talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorini oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Chunki rahbarlarning qo‘lidan bu ishni boshqachasiga amalga oshirish kelmaydi.

Men esa bunga muqobil variantni taklif qilmoqchiman.

Avvalo, hozirgi o‘qish xarajatlarimizni (to‘g‘rirog‘i, avvalgi tizim bo‘yicha) hisob-kitob qilib ko‘raylik. To‘lov shartnoma miqdori 11150150 so‘m (2018-2019 o‘quv yili uchun). Bu puldan “4”lik stipendiyaning pulini chiqarib tashlaylik. (Men o‘rtacha “4”lik deb oldim. Real vaziyatda “5”ga “yopadiganlar” “3”chilardan ko‘proq) 512000x12=6144000 so‘m. Kontrakt miqdoridan stipendiyani chegirib tashlasangiz 5006150 so‘m qoladi. Bu pulni o‘n oyga bo‘lsangiz (chunki tahsil 10 oy davom etadi) oyiga 500 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Biz ikkinchi kursda 8 ta fan o‘qigan edik. Endi har bitta fanga bitta talaba bir oy qancha to‘lashini hisoblab ko‘ring: 500000:8=62500 so‘m. Hozir bu pulga viloyatlarda repetitor ustozlar abituriyentlarni tayyorlashmayapti. Yanayam Toshkentda, shunday nufuzli dargohda bitta fan uchun bir talaba 62500 so‘m to‘lab o‘qisa-ya!

Nima qilish kerak?

Demak, vaziyat bilan qisqacha tanishib oldik. Endi yechim sifatida men nimani taklif qilyapman: kontrakt miqdorini o‘zgartirmagan holda, fanlar sonini qisqartirish.

Birinchi kursda o‘tilgan fanlarni bir eslaymiz: Dinshunoslik, hayot faoliyati xavfsizligi, ekologiya, valeologiya, psixologiya… va yana shunaqa logiyalar. Voz kechish kerak bunaqa fanlardan. Agar OTM o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tmoqchi bo‘lsa, bu yo‘ldagi birinchi qadam sohaga aloqasi bo‘lmagan fanlarni yo‘qotish bo‘ladi.

Bu fanlar hisobiga yuzaga kelgan vakant o‘rinlarga ikkinchi kurslar uchun o‘tilayotgan fanlarni qo‘yish kerak: mikro va makro iqtisodiyot (birinchi semester birinchisi, bahordan boshlab ikkinchisi o‘tiladi), menejment va marketing (bu ham xuddi yuqoridagi tartibda o‘tiladi), moliya va pul va banklar.

Bu bazaviy fanlar har bir moliyachi – buxgalter, g‘aznachi, soliqchi, sug‘urta xodimi yoki bankir uchun birday muhim. Ikkinchi kursda ham xuddi shunaqa qilib to‘rtta fan o‘tilsa, bu har bir talaba oyiga bitta fan uchun to‘layotgan to‘lov miqdori 2 barobar (!) oshib, 125000 ga (62500x2) yetadi degani. Lekin bu ham kam.

To‘rtta fan bilan besh kun yoki to‘rt kunlik o‘qish rejimiga o‘tsa bo‘ladi. Bunda talabada ortiqcha ikki yoki uch kun bo‘sh vaqt bo‘ladi. Forma (yalang‘och bormaslik yoki sport kiyimida bormaslikka farosati yetadi talabaning) va davomat olinishi ham bekor qilinishi kerak. Keyinchalik (men taklif qilayotgan tizim amal qila boshlaganidan 4-5 yil o‘tib) kontraktlarni boshqa turdosh OTMlarnikidan balandroq qilsa ham hech kim g‘ing demaydi. Ishoning, forma va davomatning yo‘qligi galstuk talab qiladigan qolgan institutlar fonida abituriyentlar uchun jozibali taklif tuyuladi.

Ikkinchi taklif. Ta’lim yo‘nalishlarini bevosita amaliyotga bog‘lash. Hisob va audit degan fakultetimiz bor. Bu fakultet professional buxgalterlar, auditorlar “yetishtirib berish”ga ixtisoslashgan. Lekin amalda Hisob fakulteti talabalari buxgalteriyani har xil kurslar orqali o‘rganishadi.

Fakultet talabalariga ikkinchi kursdan boshlab, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fani doirasida real korxona va firmalar buxgalteriyasida fanni o‘rgatishi kerak. Buning uchun institutda o‘sha fakultetda yana bitta shtat tashkil qilish kerak. Uning vazifasi firmalar bilan ularning buxgalteriyasini yuritish bo‘yicha shartnoma tuzishi bo‘ladi va u tuzgan shartnoma summasining ma’lum foizi miqdorida maosh oladi. Shunda u yaxshiroq ishlasa ko‘proq, dangasalik qilsa kamroq pul topadi. Talabalar esa, birincha darsda nazariy o‘rgangan bilimini, ikkinchi darsda real korxona misolida mustahkamlaydi. Agar u buxgalteriyani noto‘g‘ri yuritgan bo‘lsa, past ball oladi. Noto‘g‘ri yoki to‘g‘riligidan qat’i nazar barcha ishlar o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi va o‘sha o‘qituvchi shu ish uchun javobgar bo‘ladi. Bunda:

a) talaba bilim oladi – u vaqti va mablag‘ini ketkazib, repetitorga borib o‘tirmaydi va institut bilimi bilan tayyor kadr bo‘lib yetishib chiqadi;

b) o‘qituvchi ham bilimini oshiradi ham oyligiga ustama qo‘shtirib oladi – ustoz ham talaba bilan bir qatorda o‘rganadi, izlanadi, faqat nazariyaga yopishib olmaydi, undan tashqari u rahbariyat bilan kelishuvga asosan, qilgan har bir ishi uchun ma’lum miqdorda qo‘shimcha haq oladi. Bu o‘z navbatida o‘qituvchilar professionallashuviga olib keladi;

v) rahbariyat – bunday tizimdan eng ko‘p institut foyda ko‘radi. U o‘qituvchini ishga yollab, buning evaziga qo‘shimcha haq oladi (korxona buxgalteriya hisobotlarini qilib bergani uchun). Yangi topshiradigan abituriyentlar uchun bu ham bir marketing strategiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Moliya institutidan eng zo‘r buxgalterlar chiqishi institut imidji uchun juda katta plyus bo‘ladi.

Qo‘shimcha xizmat evaziga ishlab topilgan mablag‘ esa, institut xarajatlari uchun ishlatiladi. Bu ham kontrakt narxlari tushishiga yoki hech bo‘lmaganda oshmasligiga yordam bo‘ladi. Xuddi shu tartibni Soliq yo‘nalishi talabalariga ham qo‘llasa bo‘ladi. Chunki ular ham kelajakda korxonalarning buxgalteriya hisobotlarini tekshirishadi.

Uchinchi taklif ham Hisob va audit fakulteti bilan bog‘liq. Ikkinchi taklifni tizimli yo‘lga qo‘yilgach, institut qoshida auditorlik firmasi tashkil qilinadi. Bu firma ishchilari ham xuddi shu fakultet o‘qituvchilari bo‘lishadi. Institutning yana bitta pul keladigan “tomorqasi” bo‘ladi bu ish. Xuddi shuningdek, bu takliflarni yo‘nalishlarga qarab, boshqa fakultetlarda ham joriy qilsa bo‘ladi. Lekin eng qiyini Moliya fakultetiniki. Nimaga deysizmi?

To‘rtinchi taklif. O‘rta muddatli istiqbolda (bu paytga kelib, institut o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan, ilmiy ishlarga investitsiya kiritishga qurbi yetadigan biznes tizimga aylangan bo‘ladi) Moliya fakulteti qoshida professional treyderlik qila oladigan, jahon moliya bozorlarida ishtirok eta oladigan fond tashkil qilish. Bunda ham ustozlar o‘z talabalari bilan ishtirok etishadi. Albatta, institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq.

Institutning yutuq tomoni sifatida unda ingliz tilli guruhlarining mavjudligini e’tirof etishni istardim. Bunday guruhlar talabalariga ACCA, SAT yoki GMAT testlarida kerak bo‘ladigan fanlarni o‘tish maqsadga muvofiq ish bo‘lardi. Dastlabki uchta taklif amalga oshirilganda, yaqin besh yil ichida institut o‘zini o‘zi moliyalash tizimiga bemalol o‘ta oladi”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан