Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mablag‘ yetishmovchiligining sababi haqida gapirib o‘tdi
1.12.2019 15:53,  
5343

O‘zbekiston Senatining 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senat raisi Tanzila Norboyeva hududlarda Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” va boshqa davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar yetmayotgani, chora-tadbirlar ijrosi ta’minlanmay qolayotganini aytib, bu borada mahalliy byudjetlarning imkoniyati yetadimi yoki respublika byudjetidan yordam qilish kerakmi, deb Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga murojaat qildi.

Jamshid Qo‘chqorov savolga javoban so‘nggi 2-3 yilda juda ko‘plab dasturlar qabul qilinganini e’tirof etdi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda mablag‘ yetmayotgan loyiha aslida byudjet dasturida inobatga olinmagan loyiha bo‘lib chiqishini ta’kidladi.

“Ko‘pincha mablag‘ yetmayapti degan joyimizda shu narsa nima uchun yetmayapti bu ob’yekt o‘zi byudjetda bormi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Yaqinda Bosh vazirimiz Abdulla Nig‘matovich selektrda bir misol keltirdi, Qashqadaryoning Talimarjonida 45 mlrd so‘mlik ish bajarilgan, hamma “uylarning tomi ochiq, ish bitmayapti. Byudjetdan mablag‘ berilmabdi” deb aytyapti. Nima uchun berilmagan, bu ob’yektning byudjetda manbasi yo‘q.

To‘g‘risini aytamiz, o‘n balki ellik yil davomida yig‘ilib qolgan juda ko‘p muammolar bor. Bularni hammasi hal bo‘lmasligini davlatimiz rahbari ham bir necha bor aytib o‘tgan. Maksimal hammasining chorasi ko‘rilyapti. Lekin hamma narsani ham birvarakayiga qilish imkoniyatiga ega emasmiz.

Dasturga kirgan ob’yekt bo‘ladigan bo‘lsa, uni qilish imkoniyatiga egamiz. Dasturga kirmagan ob’yekt bo‘lsa, oldin uning manbasini aniqlab, keyin harakat qilishimiz kerak. Albatta, o‘sha Talimarjondagi ish ham yaxshi niyat bilan bo‘lgan. Lekin manbasi yo‘q yaxshi niyat foyda emas, zarar”, dedi Jamshid Qo‘chqorov Senat raisiga javobida.

Moliya vaziri mahalliy hokimliklar aholi talabidan kelib chiqib, byudjetga kiritmagan ba’zi ishlarni bajargan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, bu xarajatlar uchun aslida imkoniyat yo‘qligini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан