Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vaziri: Narxning oshishi tabiiy jarayon
1.08.2019 14:10,  
85

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida energoresurslarning narx-navolari oshishi yuzasidan muloqot chog‘ida Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov shunday deydi:

“Vazirlar Mahkamasining 30 iyuldagi qarori nima uchun qabul qilinganini aytib berish uchun yig‘ildik. Keng jamoatchilik orasida yoqilg‘i energetika narxlari 5 barobar oshdi deganlar ham bo‘ldi. Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Aslida moliyaviy intizomni mustahkamlash, yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalarining barqaror rivojlanishi va bezarar ishlashini ta’minlash maqsadida yangi narxlar joriy etildi.

1 kilovatt/soat elektr energiyasi 295 so‘m etib belgilandi. Bu avvalgi summaning ustiga 45 so‘m qo‘shildi, degani. Yoki 1 kub metr tabiiy gaz 380 so‘m (+18 foiz) etib belgilandi. Avvalgi summaning ustiga 60 so‘m qo‘shilyapti.

Bozor iqtisodiyotida tosh-tarozi to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Narx-navo erkin bo‘lishi lozim. Narxning oshishi tabiiy jarayon. Bu hech bir vazirlik, tashkilotning xohishi bilan bo‘lmaydi, bozor talabi.

Monopol tashkilotlar hisobiga salbiy holatlar uchrayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin vaqti soati bilan hamma soha xususiylashtiriladi.

Mahsulot tannarxi haqida gapiradigan bo‘lsak, mazkur energiya manbalarining asl tannarxi aholiga sotilayotganidan ancha baland hisoblanadi. 1 kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 450 so‘m sarflanadi. Shuningdek, 1 kub metr tabiiy gazni qazib chiqarish va qayta ishlash 751 so‘mni tashkil etadi. Shuni e’tiborga olib, davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini tashkil etish maqsadida past narxlar belgilandi. Xaridlar xarajatlarni qoplaydigan bo‘lishi kerak”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан