Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligi: 2020 yilda 246 milliard so‘m byudjet pullari talon-taroj qilingan
13.01.2021 12:47,  
217

Moliya vazirligi 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari bu borada 4 729 ta (2019 yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarini o‘tkazgan.  Unda 246 mlrd (2019 yilda 142,6 mlrd so‘m ) so‘m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd so‘mni byudjetga tiklanishi ta’minlandi. Qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar eng ko‘p Xalq ta’limi vazirligi tizimida kuzatilgan. O‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga nisbatan 3,2 martaga oshgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd so‘m) nisbatan 2 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.

Bundan tashqari, Madaniyat (6,8 mlrd so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (4,1 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

“O‘zbekkino” milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан