Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi
26.08.2021 08:57,  
157

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yilning birinchi yarmida byudjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, o‘tkazilgan 3480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan. Shundan 313,7 mlrd so‘mi budjetga qaytarilishi ta’minlangan.

Hisobot davrida byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Yarim yil ichida vazirliklar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 455 ta nazorat tadbirlarining 336 tasida 65,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan 3 martaga oshgan.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 117 ta nazorat tadbirining 96 tasida 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yilning 1-yarim yilida 981 mln so‘m).

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 454 ta nazorat tadbirlarining 368 tasida 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (7 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 8,5 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 514 ta nazorat tadbirlarining 390 tasida 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yilning mos davriga (14,1 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 136 ta nazorat tadbirlarining 129 tasida 24,1 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yilning 1-yarim yilida 903 mln so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, moliyaviy qonunbuzishlar quyidagilarda ham aniqlangan:

  • Suv xo‘jaligi vazirligi — 6,8 mlrd so‘m;
  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (hozirgi Turizm va sport vazirligi) — 6,4 mlrd so‘m;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi- 5,2 mlrd so‘m;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vaziligi — 4,5 mlrd so‘m;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 4,2 mlrd so‘m;
  • Mudofaa vazirligi — 3,2 mlrd so‘m;
  • Madaniyat vazirligi — 2,6 mlrd so‘m;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi- 4,7 mlrd so‘m;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 4,4 mlrd.so‘m;
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — 3,1 mlrd so‘m.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimiyatlar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Mahalliy byuudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd so‘m), Andijon (33,2 mlrd so‘m), Jizzax (28,3 mlrd so‘m), Toshkent (24,1 mlrd so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m), Qashqadaryo (15,6 mlrd so‘m), Samarqand (15,5 mlrd so‘m), Buxoro (11 mlrd so‘m), Namangan (10,4 mlrd so‘m), Xorazm (8,7 mlrd so‘m), Navoiy (2,1 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd so‘m) moliyaviy qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Qolaversa, mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida ham qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan choralar natijasida jami 52,9 mlrd so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari asossiz sarflanishining oldi olindi. Bunda tashkilotlarda xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalida ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartirilgan.

Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 12 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlarga yuborildi.

Shuningdek, 2 696 ta nazorat tadbirida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан