Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda davlat byudjetining asosiy daromad manbasi nima bo‘ladi?
1.11.2019 18:53,  
1115

Avval xabar qilganimizdek, Moliya vazirligi 2020 yil uchun fuqarolar uchun byudjet loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128,4 trln. so‘m yoki YaIMning 20 foizi miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan.

2020 yil uchun Davlat byudjetining kutilayotgan tushumlarini baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.

Davlat byudjetining asosiy daromad manbalari sifatida Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) – 44,2 trln. so‘m, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i – 22,1 trln. so‘m hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 16,1 trln. so‘m ko‘rsatilgan.

2020 yil uchun prognozlashtirilayotgan Davlat byudjetining daromadlari tuzilmasida deyarli barcha turdagi soliqlar o‘sish tendensiyasi ko‘zda tutilgan:

Moliya vazirligi soliq tushumlarning kutilayotgan oshishini

a) Yalpi ichki mahsulotning oshishi;

b) Yangi ishlab chiqarish obektlarining amaliyotga kiritilishi;

d) Ish haqi miqdorining oshishi bilan izohlangan.

Xarajatlar

2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 131,1 trln. so‘m bo‘lishi rejalashtirmoqda (Byudjet defitsiti 2,7 trln. so‘m).

Davlat byudjetining asosiy qismi quyidagi sohalarga xarajat qilinmoqda: Ijtimoiy xarajatlar – 66 trln. so‘m, iqtisodiyotga xarajatlar – 14,1 trln. so‘m, markazlashgan investitsiya xarajatlarini moliyalash – 13,6 trln. so‘m.

Ta’lim xarajatlari

Davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 22,9 foizi (30 trln. so‘m) ta’limga yo‘naltirilishi kutilmoqda. Shundan, 20,8 trln. so‘mi umumiy ta’limga, 1.7 trln. so‘mi o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarga, 2,3 trln. so‘mi oliy ta’limga va 5,2 trln. so‘mi maktabgacha ta’lim tizimiga ajratilmoqda.

2019 yilda bir qancha oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari tashkil etildi. 2020 yilgi davlat byudjetidan yangi tashkil qilingan jami 11 ta OTM qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 51,2 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratiladi. Bundan, 23,7 mlrd. so‘mi Sudyalar oliy maktabi uchun ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан