Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligi MHXS standartlarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro ekspertlar fikrini e’lon qildi
14.03.2021 15:53,  
196

Moliya vazirligi MHXS stardartlarini qo‘llash bo‘yicha korxonalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida www.buxgalter.uz va MHXS bo‘yicha ekspert mutaxassislar bilan hamkorlikda MHXS standartlarining qoidalari bo‘yicha ekspertlar fikrini  e’lon qildi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda moliyaviy hisobot va audit bo‘yicha 16 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan MHXS Fondi ekspertlar qo‘mitasi a’zosi, «FCS Experts» MChJ bosh direktori Davron Yakubov CPA 8-son BHXS Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar bo‘yicha o‘z professional fikrlari bilan bo‘lishdi.

BHXS o‘z nomida qamrab olgan uchta alohida mavzuni hisobga olish va yoritib berish talablarini ko‘rsatib beradi. Bular:

  1. Hisob siyosatini tanlash va qo‘llash, shuningdek undagi o‘zgarishlar;
  2. Hisob baholaridagi o‘zgarishlar;
  3. O‘tgan davr xatolari va ularni tuzatish.

Yuqoridagi har bir mavzuni birma-bir sharhlashga o‘tishdan oldin, 8-son BHXS ning 1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” bilan bog‘liq joylarini yoritib o‘tish zarur. Ushbu standartlar bilan bir qatorda “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asoslari”,  mening fikrimcha, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning asosiy tamoyillari va omillarini yoritib beradi. Shuning uchun, bu uchta xujjatning talablarini va negizini tushungan holda, boshqa maxsus standartlarni qo‘llash lozim. Masalan, 1-son BHXSning 7-bandida moliyaviy hisobot uchun zarur bo‘lgan va 8-son BHXSga ham bog‘liq bo‘lgan “muhimlik” atamasiga ta’rif berilgan.

Birinchi navbatda, mamlakatimiz uchun nisbatan yangi bo‘lgan ushbu standartlarni ko‘p yillar davomida milliy standartlar asosida ishlab kelayotgan buxgalteriya mutaxassislari uchun o‘z sharhlarimni qiyosiy tahlil qilib, MHXSni BHMSga (Buxgalteriya Hisobotining Milliy Standartlari) taqqoslash asosida ko‘rsatishni lozim topdim. Ikkinchidan, maqola ohirida ushbu standartning hamma talablarini jamlovchi, iloji boricha qisqa va lo‘nda shaklda 1-sahifali jadval doirasida xulosa qilamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан