Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi
1.12.2020 12:14,  
1230

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun byudjet 2021» loyihasini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan. Ushbu kompaniyalar 2021 yilda davlat byudjeti tushumlarining 47,3 foizini ta’minlashi kutilmoqda.

  • «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 6,4 foiz;
  • «O‘zbekneftgaz» AJ — 5,1 foiz;
  • «O‘ztransgaz» AJ — 3,3 foiz;
  • Lukoil overseas supplying and trading DK — 3,1 foiz;
  • «O‘zbekenergo» AJ — 2,3 foiz;
  • «O‘zBAT» AJ — 1,7 foiz;
  • UzAuto Motors AJ — 1,5 foiz;
  • Unitel (Beeline) QK MChJ — 0,5 foiz;
  • Coscom (Ucell) QK MChJ — 0,5 foiz;
  • «O‘zbektelekom» AJ — 0,5 foiz;
  • «Qizilqumsement» AJ — 0,5 foiz;
  • Uz-Kor Gas Chemical MChJ — 0,4 foiz;
  • Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi MChJ — 0,3 foiz;
  • «Toshkentvino» kombinati — 0,3 foiz;
  • «O‘zbekiston temir yo‘llari» — 0,2 foiz;
  • Tashkent Tobacco MChJ— 0,2 foiz;
  • Universal mobile sistem (Mobiuz) — 0,2 foiz;
  • «Ohangaronsement» AJ — 0,1 foiz;

Foto: Moliya vazirligi

Loyihada qayd etilishicha, davlat byudjeti daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchilar turkumiga kiruvchi korxonalardagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa daromadlar — asosan davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlar, davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar hisobidan shakllanadi.

2019 yildan farqli ravishda ro‘yxatda Coca-Cola, «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi», «Muborakneftgaz», «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» va boshqa yirik kompaniyalar yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан