Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligi UzAuto Motors to‘laydigan soliqlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi
1.12.2021 17:23,  
168

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun byudjet 2022» loyihasini taqdim etib, unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undagi kompaniyalar 2022 yilda davlat byudjeti tushumlarining 36,4 foizini ta’minlashi kutilmoqda. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, loyihada ko‘rsatib o‘tilgan yirik soliq to‘lovchilar faqat respublika ichida to‘laydigan soliqlari bo‘yicha ro‘yxat qilingan.

«Bu to‘lovlar tarkibida respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojxona to‘lovlari kiritilmagan», — deyiladi qo‘shimcha ma’lumotda.

Xususan, 2020 yilda UzAuto Motors AJ tomonidan davlat byudjetiga jami 1,3 trillion so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (tovarlar importi uchun to‘lovlar bundan mustasno) to‘langan. Jami davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 0,98 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, tovarlar importi uchun to‘langan bojxona to‘lovlari 2,3 trillion so‘mni tashkil qilgan.

2021 yilning yanvar–oktyabr oylari mobaynidagi byudjetga to‘lovlar 751,5 milliard so‘mni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 950 milliard so‘mga yetishi kutilmoqda, davlat byudjetining umumiy daromadlari kutilayotgan miqdorida 0,56 foizni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, import qilingan tovarlari uchun shu davrda to‘langan bojxona to‘lovlari 2,376 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан