Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moliya vazirligida yangi boshqarmalar tashkil etildi: asosiy vazifalar
22.05.2019 22:25,  
9

Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.

Vazirlik tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Shunga ko‘ra, Moliya vazirligi:

- davlat ishtirokidagi korxonalarni islohi qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xo‘jalik birlashmalarining xo‘jalik va boshqarish funksiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан