Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi import benzin uchun aksiz solig‘i oshirilishini maqsadga muvofiq emas deb topdi
27.05.2020 08:42,  
220

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mahalliy neftni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida benzin mahsuloti importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirish yuzasidan bildirilgan taklifi bilan keng muhokama qilinmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi munosabat bildirdi.

2020 yilga qadar «O‘zbekneftegaz» AJning neftni qayta ishlash korxonalarida bir qator imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanib kelingan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan berilgan shart-sharoitlar shuning jumlasidandir.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va sotish bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlarga teng sharoitlar yaratildi. Monopol korxona hisoblangan Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari 2020 yilning may oyidan narxni shakllantirish bo‘yicha qo‘llanib kelingan cheklovlardan ozod etildi. 

Endilikda narxlar birja savdolarida talab va taklifdan kelib chiqib shakllana boshladi.
«O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan import neft mahsulotlarining aksiz solig‘ini oshirilishi bo‘yicha Energetika vazirligiga kiritilgan taklif yetarlicha iqtisodiy asoslantirilmagan.

"Yuqoridagilardan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sog‘lom raqobat muhitining ta’minlanishi va iste’molchilar manfaatlarini ko‘zlagan holda aksiz solig‘ini oshirilish maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi", deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан