Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyatining elektr ta’minoti korxonalarini sudga berdi
25.11.2020 12:37,  
322

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga nisbatan ma’muriy hujjatlarni rasmiylashtirib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

20 noyabr kuni Toshkent tumanidagi qariyb 17 ming elektr energiya iste’molchisi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik sababli amaldagi tartib bo‘yicha ASKUE tizimi avtomatik ravishda qarzdor iste’molchilarning ta’minotini to‘xtatgan. O‘z navbatida, yuqoridaga holat joyiga chiqib o‘rganilganda iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik to‘langandan keyin ham avtomatik ravishda elektr tarmog‘iga qayta ulanmagan holatlar aniqlangan.

Bu kabi holat 21—22 noyabr kunlari Qibray va Zangiota tumanlarida ham kuzatilgan.

Yuqoridagi holatlar «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari»ga nisbatan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasi (ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari) 1-qismi talablari buzilganligi sababli 29 oktyabrda 11/02-I-sonli ko‘rsatma berilganiga qaramay davom etmoqda.

Ko‘rsatma 19—20 oktyabr kunlari Zangiota tumani aholisi qarzdorlik sabab ommaviy ravishda elektr energiyasi ta’minotidan uzilganidan keyin berilgan edi. Iste’molchilar qarzlarini to‘langach va elektr energiyasini yetkazib beruvchilarga murojaat qilinganidan keyin ham u yoqilmagan.

«Toshkent hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi tomonidan ko‘rsatmaning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi 517-sonli buyruq qabul qilingan bo‘lib, unga asosan ko‘rsatilgan qonun buzilish holatlari shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbar xodimlari bilan atroflicha o‘rganib chiqilib, barcha rahbar xodimlar kelgusida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan.

16 noyabr kuni Toshkent viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahridagi 279-sonli elektr transformatorga ulangan iste’molchilarni o‘rnatilgan tartibda ogohlantirmasdan elektr ta’minotidan uzilishlarni amalga oshirish natijasida «Olmaliq shahar elektr ta’minoti» korxonasi rahbari Anvarjon O‘razaliyevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Olmaliq shahar ma’muriy sudiga ish yurituvdagi hujjatlar yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан