Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moody’s: "Yaqin besh yilda O‘zbekistonda islomiy banklar nihoyatda rivojlanishi mumkin"
6.09.2019 19:05,  
30

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida yaqin besh yil ichida Islom banklari nihoyatda rivojlanadi. Bu haqda Moody’s xalqaro reyting agentligi hisobotida aytilmoqda.

Islomiy bank — bu hozirgi moliyaviy xizmatlarga muqobil bank turi bo‘lib, janubi-sharqiy Osiyo hamda yaqin sharq mamlakatlarida foydalaniladi.

Uning eng muhim xususiyati — kredit foizlarini rad etish, yuqori riskli operatsiyalarni amalga oshirmaslik. 

“Keyingi besh yil ichida MDH davlatlarida islomiy banklar rivojlanadi.  Bunga bir qator davlatlar hukumatlari tomonidan ushbu sektorni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yordam beradi. MDH mamlakatlari orasida islomiy banking rivojlanishida yetakchi o‘rinlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatlarda musulmonlar aholining katta qismini tashkil qiladi va ushbu davlatlar hukumatlari islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish uchun qulay qonunchilik va tartibga soluvchi bazani yaratishga intilmoqda”, — deyiladi hisobotda.  

Hujjatda aytilishicha, Rossiyada islomiy banking rivojlanish istiqbollari Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaraganda pastroq. Shunga qaramay, ba’zi banklar amaldagi qonunchilikka muvofiq, shariat tamoyillariga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun imkoniyat qidirmoqda. 

Bundan tashqari, «Islomiy banklar» Markaziy bank tomonidan taqdim etiladigan an’anaviy likvidlik va moliyalashtirish liniyalaridan foydalana olmaydi, chunki bunday liniyalar foizlar asosida taqdim etiladi. Bularning barchasi shuni anglatadiki, bunday kredit tashkilotlari an’anaviy banklarga nisbatan ko‘proq moliyaviy xarajatlar va operatsion xarajatlarga ega bo‘ladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан