Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moratoriy tugadi-yu daraxt kesish avjiga chiqdi
20.01.2021 19:13,  
210

Moratoriy tugadi-yu daraxtkesish avjiga chiqdi.

Yaqinda Ekologik partiyaning Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Kengashi Yangiyo‘l shahar, Turkiston mahallasi hududidagi markaziy kasalxona xovlisida bir nechta 30-40 yillik daraxtlarni kesilishdan saqlab qolganini bildirgandi.

Faollar daraxtlarga maxsus belgi o‘rnatib, daraxtlar Ekologik partiya nazoratiga olinganligini ma’lum qilishgan.

Biroq bizni «daraxtkesar» kelajakni zavol qilishga intiluvchilarimiz «qonungayam, siyosatingayam tupurdim», degandek kuni kecha aynan ushbu daraxtlarni kesib tashlashibdi. Foydayam kimlar bilan «arra» bo‘lgandir.

Kelajakni asrab qolishga intilayotgan oz sonli jamoatchilik ovoziga «daraxtkesar»lardan berilayotgan javoblar fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi navbatdagi salbiy signalllardan biri: puldan boshqasini qizig‘i yo‘q.

Hurmatli hududlarni rivojlantirish va qurilishga qaraydigan katta kotibiyat mudiri Sherzod Abidovga bu ma’lumotni ham yetkazib qo‘ysak.

Qonunlarga «tupurgan» zo‘ravonlarga ko‘rilgan choralar haqida axborot kutamiz- deya yozmoqda o‘z telegram sahifasida Rasul Kusherbayev

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан