Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva - Bishkek: Rossiya Qirg‘izistonga ko‘makka keladimi?
9.10.2020 14:41,  
360

Rasmiy Kremlning aytishicha, Qirg‘iziston xaos ichida va bu vaziyat o‘nglanishi kerak. Moskva hozircha Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga boshpana berish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar berdi.

Qirg‘iziston Rossiyaning mintaqadagi eng yaqin ittifoqchisi va strategik sheriklaridan biri bo‘ladi.

Qirg‘iziston Rossiya shamsiyasi ostidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi va YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlat sanaladi.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyoning Rossiya o‘z harbiy bazasi va inshootlariga ega ikkita davlatidan bittasi ham bo‘ladi.

Markaziy Osiyoning yuz minglab fuqarolari Rossiyada mehnat muhojirligida band uchta mamlakatidan biri ekani ko‘riladi.

Ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar bilan kechgan o‘tgan besh kun ichida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Qirg‘izistondagi vaziyatga ikki bor e’tibor qaratgan.

Dmitriy Peskov kecha, payshanba kungi brifing chog‘ida yana Qirg‘izistondagi vaziyatga to‘xtalgan.

"Qirg‘iziston xaos ichida ekani va Moskva xavfsizlik shartnomasi doirasida mamlakatning butkul parokandalikka uchrashi oldini olishga mas’ul bo‘lgani"ni aytgan.

Shunday derkan, Putin matbuot kotibi Rossiya buning uchun nima qilishi mumkinligi tafsilotlariga to‘xtalmagan.

Mamlakatda hokimiyat kimning qo‘lida qolayotgani hanuz noma’lum.

Prezident Jeenbekov o‘zining bugun xalqqa qilgan videomurojaatida, "Ijro etuvchi hokimiyatning qonuniy rahbarlari tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘lini tutgandan so‘ng lavozimini tark etishga tayyor"ligini bayon qilgan.

Ammo Peskov Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Botnikov chorshanba kuni qirg‘izistonlik yangi hamkasbi Omurbek Suvanaliyev bilan muloqotda bo‘lganini ma’lum qilgan, suhbat tafsilotlarini esa, ochiqlamagan.

Kreml vakili aynan, "Suvanaliyevning sa’y-harakatlari Qirg‘izistondagi vaziyatning barqarorlashishiga yordam berishi"ga umid qilib qolgan.

Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Omurbek Suvanaliyev Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi raisi ham bo‘ladi.

U rahbarlik qiluvchi qo‘mita kecha, payshanba kuni bayonot bilan chiqqan.

"Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari biror bir partiya tomonidan vosita sifatida foydalanilmasligi"ni bayon qilgan.

"Mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni muzokaralar va qonun ustivorligini ta’minlash"ga chaqirgan.

4 oktyabr kungi ziddiyatli prezident saylovi ortidan, Qirg‘izistonda turli muxolif guruhlarning hokimiyat uchun kurashi hanuz tinmagan.

Dmitriy Peskov Rossiyaning Qirg‘izistondagi so‘nggi voqealarga munosabatini dastlab 6 oktyar kuni rasman ochiqlagan.

"Kreml Qirg‘izistondagi voqealardan xavotirda ekani"ni bildirgan.

"Barcha tomonlar Konstitutsiyaga amal qilishlariga umid qilayotgani"ni aytgan.

Xuddi shu asosda "vaziyatga tezda yechim topishlariga ko‘z tikayotgani"ni ham ta’kidlagan.

"Qirg‘izistondagi vaziyatni tartibga solish qirg‘izlarning o‘zlari o‘rtasidagi ichki dialog masalasi" ekanini aytgandi.

Qirg‘izistondagi so‘nggi voqealar esa, Sooronboy Jeenbekovning Rossiyaga tashrifidan sanoqli kunlar o‘tib bo‘y ko‘rsatgan.

Sochida har ikki davlat prezidentlarining strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga oid dolzarb masalalarni muhokama etishlari aytilgandi.

Dmitriy Peskovning kecha, payshanba kuni aytishicha, Moskva hozircha Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga boshpana berish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q, uning Rossiyaga tashrifi borasida ham biror bir ma’lumotga ega emaslar.

Shunda ham, Peskov Qirg‘izistondagi vaziyatga batafsil baho berishdan qochgan, "u yerda aniq nimalar yuz berayotganini mahalliy odamlarning o‘zlaridan so‘rash kerak"ligini aytgan.

Omurbek Suvanaliyev esa, Rossiyaning "Interfaks" axborot agentligiga iste’fo berayotgan hukumat mulozimlari ilova biror bir kishining javobgarlikdan qochib qutilmasligi uchun Qirg‘iziston chegaralarida nazoratni kuchaytirayotganliklarini aytgan.

Qirg‘izistondagi so‘nggi tartibsizliklar Rossiya befarq bo‘lmagan Belarus va Tog‘li Qorabog‘dagi voqealar manzarasida bo‘y ko‘rsatmoqda.

Ikki davlat prezidentlarining telefon suhbatlariga oid rasmiy xabar halicha ko‘zga tashlanmaydi.

Bungacha O‘zbekiston, Xitoy, AQSh va Turkiya ham "Qirg‘izistondagi vaziyatning mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi doirasida tezda barqarorlashuviga umid qilib qolishgan".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан