Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva-Farg‘ona samolyoti yo‘lovchilardan birining vafoti sabab Samaraga qo‘ndi
9.11.2019 10:09,  
485

Moskvaning Domodedovo aeroportidan Farg‘onaga uchgan samolyot yo‘lovchilardan birining vafoti sabab Samara shahriga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Samara aeroporoti matbuot xizmati RIA Novostiga xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Moskva-Farg‘ona reysi yo‘lovchilardan birining noxush holati sabab Samaraning Kurumoch aeroportiga majburan qo‘ndi, deyiladi xabarda.

"Shifokorlar bortga yetib borganlarida, afsuski, yo‘lovchi vafot etgan edi", deydi aeroport xodimi.

Kuybishev transport prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarosining o‘lim sababi infarktdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан