Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva meri “deport” va “zapret” qo‘yilgan migrantlar sonini ma’lum qildi
28.08.2021 18:18,  
132

MDH davlatlaridan qariyb 200 kishi tartibbuzarlik uchun Moskvadan deportatsiya qilindi. Bu raqamlarni Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin o‘z shaxsiy blogida keltirdi.

Shuningdek, unga ko‘ra, 17,5 ming migrantning Rossiyaga kirishi taqiqlandi.
So‘nggi paytlarda bir nechta jiddiy qonunbuzarliklar, ommaviy mushtlashuvlarr sodir bo‘ldi. Bunday ketmaydi. Bunday mehmonlardan mamnun emasmiz. Shu bois so‘nggi oylarda politsiya qattiq reydlar o‘tkazdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtda 800 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 200 nafarga yaqin kishi deportatsiya qilindi, 17,5 ming kishiga mamlakatga kirish taqiqlangan.
Sobyanin MDH davlatlaridan an’anaviy ravishda yuz minglab migrant ishga joylashish uchun Moskvaga kelishini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi qonunga bo‘ysunadi: patent olib, to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laydi.Hozir Moskvada 800 mingga yaqin chet ellik istiqomat qiladi, bu bir yil avvalgiga qaraganda 200 mingga kam. Poytaxt IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, bular asosan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari.

Rossiyaga viza bilan kelgan chet elliklar orasida, asosan, Xitoy fuqarolari - 13%, Turkiya va Vetnam fuqarolari - 10%.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni “Kuzminki” metro stansiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200-400 nafar migrant ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан