Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva sudi olti nafar o‘zbekistonlikni terrorichilik tashkilotiga aloqadorlikda ayblamoqda
5.12.2019 19:01,  
216

Moskva sudi yetti kishini “Hizb ut-tahrir” diniy ekstremistik guruhiga aloqadorlikda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi xabar bermoqda.

Hibsga olinganlarning bir nafari Rossiya fuqarosi, qolgan olti nafar fuqaro esa O‘zbekiston pasportiga ega.

Ayblanayotganlar ichida F.Kimsanov, M.Mamadaliyev, I.Sultonov, I.To‘xtasinov, G‘.Xoldorov, A.Xolmatov va M.Malikov bor.

Ayblanayotganlar Rossiya Federatsiya jinoyat kodeksining 205.5 moddasi II qismi bilan – “Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq terrorchilik deb tan olingan tashkilot faoliyatida ishtirok etish” moddasi bilan ayblanmoqda.

Sud matbuot kotibi Yuliya Kotominaning so‘zlariga ko‘ra, ular 2020 yil 2 fevraliga qadar ehtiyot chorasi sifatida ushlab turiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан