Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva sudi Twitter hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarini jarimaga tortdi
13.02.2020 18:32,  
137

Moskvadagi jahon sudi Amerikaning Twitter shirkatini 4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Kaliforniya (AQSh)dan ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaning rossiyalik foydalanuvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni rossiyalik serverlarga o‘tkazmaganligi bunga sabab bo‘lgan deb xabar qiladi RIA Novosti.  

Sud Twitter Inc.’ni Rossiya ma’muriy kodeksining 13.11 moddasi 8 qismi bo‘yicha (shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikning buzilishi) aybdor deb topdi.

Shu bilan birga xuddi shu modda bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham sud tomonidan aybdor deb topilgan. Unga ham 4 million rubl miqdorida jarima qo‘yilgan.

Rossiyada 2015 yil 1 sentyabrdan kuchga kirgan qonunga binoan rossiyalik foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy ma’lumotlari Rossiya serverlarida saqlanishi kerak.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан