Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva xavfsizlik bo‘yicha Vashington xatiga javob yo‘lladi
1.02.2022 15:16,  
418

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya Federatsiyasidan xavfsizlik hamda Ukraina atrofidagi jarayonlarni qaltislashtirmaslik bo‘yicha taklifiga javob oldi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili TASSga ma’lum qilgan

“Biz Rossiyadan yozma javob olganimizni tasdiqlashimiz mumkin”, - degan u. 

Shu bilan birga, u xat tafsilotlariga to‘xtatilishni rad etdi. 

“Muzokaralarni ochiqcha olib borish samarasiz bo‘ladi, shuning uchun biz Rossiya javobini muhokama qilish imkoniyatini qoldiramiz, albatta, ular buni istasa. Biz ushbu masalalarni ijobiy hal etish uchun siyosiy muloqotga to‘la sodiq qolamiz hamda ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz, xususan, Ukraina bilan muvofiqlashtirishni davom ettiramiz”, - degan mulozim. 

RF TIV 2021 yil 17 dekabrda Vashington va NATOdan kutayotgan xavfsizlik kafolatlariga doir o‘z loyihalarini e’lon qilgan edi. AQSh va NATO a’zolari bilan imzolanishi taklif etilgan 2ta shartnoma alyansni sharq tomon kengaytirish, shu jumladan, Ukrainani uning tarkibiga qo‘shib olish g‘oyasidan voz kechish, shuningdek, yadro qurollari kabi jiddiy hujum qurollari joylashtirishga cheklovlar kiritishni nazarda tutadi. 

Bu borada turli shakllarda bir necha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi, biroq, hozircha birorta kelishuv haqida e’lon qilinmadi. G‘arb esa, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani vajidan munozaralarni to‘xtatishni ma’qul ko‘rgan edi. 

26 yanvar kuni AQSh va NATO Rossiya tomonining xavfsizlik kafolatlariga doir takliflariga yozma javob bergandi. Amerika tomoni ushbu hujjatlarning matnini e’lon qilmaslikni so‘ragan bo‘lsa-da, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg javob xatidagi asosiy jihatlarni sanagan edi. 

O‘sha bayonotlarga muvofiq, G‘arb dunyosi Rossiya uchun o‘ta muhim bo‘lgan yonberishlarga bormadi. Ammo, bo‘lajak muzokaralarning yo‘nalishini belgilab bergandi. Amerika tomoni Rossiyadan olgan hujjati Moskvaning Vashington takliflariga javobi hisoblanadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан