Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada 2 oylik chaqalog‘ini yerosti yo‘liga tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi (video)
15.02.2020 11:22,  
1329

Moskva shahrining Dorogomilovsk sudi Kutuzov prospektidagi yerosti yo‘liga 2 oylik chaqalog‘ini tashlab ketgan O‘zbekiston fuqarosini ikki oyga hibs etdi. 

29 yoshli M.Karimovaga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 125-moddasi bilan (xavf-xatarda qoldirish) ayblov e’lon qilindi.

MAVZUGA DOIR: Surxondaryolik ayol o‘g‘lini 2 million so‘mga sotayotganga ushlandi

Joriy yilning 12 fevral kuni Kutuzov prospektidagi yerosti yo‘lidan adyolga o‘ralgan 2 oylik chaqaloqni topishgan edi. 

Chaqaloqni "G‘alaba parki" stansiyasi xodimlari topib olishgan. Uni kasalxonaga olib borishgan. Chaqaloqning hayoti saqlab qolingan.

Tergovda chaqaloqning onasi uni boqolmaslik va muhtojlik vajidan bu ishni qilganini aytgan.

MAVZUGA DOIR: Denovda o‘g‘lini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan qashqadaryolik ayol ushlandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан