Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada bu yil ham Qurbon hayiti namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi
12.07.2021 20:58,  
72

Rossiya musulmonlar idorasi ulamolar kengashi epidemiologik vaziyat tufayli Moskvada Qurbon hayiti namozini faqat faqat Moskva Jome masjidida ado etish to‘g‘risida qaror chiqardi. 

“Moskvada hayit namozi faqat Jome masjidida imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida ado etiladi. Boshqa masjidlarda, shuningdek, musulmonlarning mahalliy diniy tashkilotlarida hayit namozi o‘qish tavsiya qilinmaydi”, - deyilgan xabarda.

Barcha musulmonlarga bayramni o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazish tavsiya qilingan.

Rossiyada bu yilgi Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham koronavirus sabab Moskva masjidlarida hayit namozlari jamoat bo‘lib o‘qilmagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан