Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada chet ellik ishchilarning jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda — Rossiya Ichki ishlar vazirligi
21.01.2021 20:03,  
537

Moskvada xorijiy ishchi kuchiga talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya tomoni O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini qurilish ob’yektlariga jalb qilish bo‘yicha ish boshlagan. Bu haqida Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya IIV Moskvadagi qurilish ob’yektlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish bo‘yicha poytaxt hukumatining tegishli idoralari bilan ishlamoqda.

Shu bilan birga, mehnat migrantlarining joylashuvi va COVID-19 bo‘yicha cheklovlarga rioya qilinishi nazorat qilinadi.HeadHunter kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi Moskvada 64 000 rublni, boshqa hududlarda esa 58 900 rublni tashkil etadi. Mamlakatda slesar mutaxassisiga talab eng yuqori hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан