Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada lag‘mon tayyorlash bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi (video)
16.02.2020 11:22,  
600

Moskvada "Tyubeteyka" madaniy festivali doirasida rekord o‘zbek lag‘moni tayyorlandi. Taom Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Mashhur o‘zbek taomini pishirishga 1 tonnaga yaqin mahsulotlar ketdi — go‘sht, sabzavotlar va xamir. Uni tayyorlashga bir necha soat sarflandi. Lag‘mon ko‘chada, maxsus qozonda o‘tin yoqib tayyorlandi.

"Interrekord" rekordlarni qayd etish agentligi eng katta o‘zbek lag‘monini registratsiya qildi – 797 kilogramm va 750 gramm. Bu Qozog‘istonda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 100 kilogrammga og‘irdir.

"Tyubeteyka" festivali tashkilotchisi  Fatima Orifjonovaning aytishicha, bunday ulkan lag‘mon kamida ming kishiga yetadi. Bundan tashqari lag‘monning bir qismi Toshkentga yuborilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан