Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada metro va savdo markazlarida musulmonlar uchun namozxonalar ochish taklif qilindi
21.11.2021 08:39,  
37

Musulmonlar uchun Moskva metrosida, shuningdek, savdo markazlarida namozxonalar tashkil qilinishi mumkin, deydi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasidan bosh imom-xatib Ildar Alyautdinov RIA Novosti’ga bergan intervyusida.

«Internetda siz dindorlarning metro yo‘laklarida ham ibodat qilishlarini ko‘rishingiz mumkin, shuning uchun biz Moskva metrosida ham namozxonalar ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz», – deydi u.

Metropoliten transport departamenti metroda namozxonalar ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini aytgan.

Muftiyning so‘zlariga ko‘ra, diniy tashkilot hozirda turli muassasalarda namozxonalarni birin-ketin ochmoqda.

Namozxonalar allaqachon aeroportlar va tibbiyot markazlarida mavjud. Alyautdinovning qayd etishicha, jamoat joylarida namoz o‘qish Moskvada namozxonlar soni yetarli emasligi bilan ham bog‘liq.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан