Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada muhojirlar «Sputnik Layt» vaksinasi bilan pullik asosda emlanadi
19.06.2021 17:02,  
131

Moskva meriyasida 17 iyun kuni mer Sergey Sobyanin va bir qator rossiyalik tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar, biznes uchun cheklovlarning uzaytirilishi, «Covid-19’dan xoli bo‘lgan hududlar» va muhojirlar uchun vaksinalar muhokama qilindi. Majlisda, shu jumladan, mehnat muhojirlarini emlash masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar qiladi Forbes.

Meriya va biznes muhojirlarni zudlik bilan emlash kerak, degan yagona xulosaga keldi. Ayni paytda muhojirlar juda ko‘pchilikni tashkil qilishi, ular emlanmagani tufayli kasalxonalarda joylarni egallab yotgani va ularning aksariyati emlanishga rozi ekani ta’kidlandi.

Muhojirlarni yaqin ikki hafta ichida emlanish boshlanishi mumkin.

Moskva meri uchrashuvda ma’lum qilishicha, chet eldan kelgan mehnat muhojirlari bir komponentli «Sputnik Layt» vaksinasi bilan emlanishni boshlaydi, bu esa ularga vaksinaning ikkinchi komponentini kiritish uchun ularning shaharda bo‘lib turishini nazorat qilish ehtiyojini istisno qiladi. Bu jarayon eng kechi bilan 7 iyulda boshlanishi kerak.

Ayni vaqtda Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Svetlana Strigunkova hududiy hukumat a’zolari bilan majburiy vaksinatsiya mavzusidagi majlisda «Sputnik Layt» muhojirlar uchun pullik bo‘lishini ta’kidladi.

Ammo hatto vaqtinchalik majburiy tibbiy sug‘urtasi bo‘lgan muhojirlar hozirning o‘zidayoq bepul vaksina olishi mumkin, deya qo‘shib qo‘ydi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан