Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada Nazarboyevaning 230 millionlik kvartirasi topildi
21.06.2020 19:10,  
2366

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi hamda mamlakat parlamentining sobiq spikeri Darig‘a Nazarboyevaga tegishli Moskvadagi elita toifadagi kvartira jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Insider nashri xabar bermoqda. Povarskaya ko‘chasi 20 uy manziliga ega ushbu uyning bozor qiymati qariyb chorak milliard rublni tashkil qiladi (amaldagi kurs bo‘yicha 33,7 mlrd. so‘m).

U kvartirani 2006 yilda hali oddiy deputat bo‘lganida oladi, 2012 yilda u «Fayers Treyder LTD» nomiga qayta rasmiylashtiriladi, bu esa ushbu kompaniya ham Darig‘a xonimga qarashli ekanligini bildiradi, deydi nashr. Nazarboyevaning offshorlari borligi Panama arxivida e’lon qilinganidan keyin oshkor bo‘lgan edi. Qozog‘istondagi shakar zavodlariga egalik qiluvchi Asterry Holdings Ltd kompaniyasi unga tegishli. Shuningdek, OCCRP ma’lumotlariga ko‘ra, Dariga Nazarboyevaning oilasi Londonda bir nechta ko‘chmas mulkka ega (shu jumladan, Sherlok Xolms muzeyi joylashgan uy ham). Mulklarning umumiy bahosi 200 million dollarga teng. Insiderga ko‘ra, Nazarboyevaning Moskvada yana bosh ko‘chmas mulklari ham bor. Shu sababli prezidentning qizi bir necha bor ochiq ravishda yashirin iqtisodiyotdagi biznesdan chiqib ketishga va chet eldagi pul va aktivlarni yashirmaslikka chaqirilgan.

Darig‘a Nazarboyeva rasman hech qachon tijorat bilan shug‘ullanmagan. 2004 yilgacha menejerlik, 2004 yildan keyin hukumat tuzilmalarida faoliyat yuritgan. Biroq 2013 yilda Forbes nashri uning boyligini 500 million dollar atrofida baholagan. Shu bilan birga, u 2014 yildan beri Forbes Qozog‘iston nashri tomonidan tuziladigan mamlakatning eng boy 50 millionerlari ro‘yxatiga kiritilmagan (ushbu ro‘yxatga kirish uchun eng kamida $50 mln. kapitalga ega bo‘lish kerak).

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан