Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
2.04.2019 20:02,  
6

Moskva shahar sudi 2015 yilda Moskva va Moskva viloyatida besh nafar ayolni o‘ldirgan Baxtiyor Matyoqubovga umrbod qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, 2015 yil yanvar-aprel oylari oralig‘ida Matyoqubov Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.

Qotil o‘z qurbonlarini keyinchalik ularni o‘marish maqsadida, do‘konlar atrofida ham ta’qib qilgan. Manyak o‘z qotilliklarini kunduzi va kechasi sodir etgan. Har safar o‘z qurbonlariga tilingan va kesilgan jarohatlar yetkazgan.

Baxtiyor Matyoqubov uyali telefonining tafsilotlari o‘rganib chiqilgach, shuningdek, harakatlanishi bosqichma-bosqich tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan bog‘langanidan keyin fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvchi qayerda yashashini aniqladi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bo‘lgan kiyim-kechak topilgan.

Biroq, u payt qotil xorijga qochib ketishga ulgurgan. Shu bois xalqaro qidiruvga berilgan. «RIA Novosti»ning huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining ma’lum qilishicha, qotil Ukrainada yashiringan. 2017 yilning dekabr oyida Matyoqubov Moskva shahriga ekstraditsiya qilingan.

Ekspertiza o‘tkazilishi davomida, psixologlar va boshqa mutaxassislar, Matyoqubov ruhiyatida muammolar mavjudligini tasdiqlagan va u juda asabiy degan xulosaga kelgan. Matyoqubov juda qiziqqon, qasoskor bo‘lgan, ayollarga nisbatan unda shaxsiy adovat bo‘lgan.

U dastlabki tergov vaqtida barcha sodir etgan jinoyatlarini to‘liq tan olgan. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani yo‘q, hukm ustidan shikoyat keltirish uchun 10 kun muhlat bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан