Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada ommaviy mushtlashuvda qatnashgan qirg‘iz va tojiklar qo‘lga olindi
25.07.2020 14:31,  
302

Rossiya poytaxti Moskva shahrida qirg‘iz va tojik muhojirlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, Tojikistonning 9 fuqarosi va Qirg‘izistonning 9 fuqarosi qo‘lga olingan.

Xabar qilinishicha, 21 iyul kuni Moskvadagi jamoat joyida noma’lum bo‘lgan qirg‘iz va tojik millatiga mansub shaxslar ommaviy janjalga chiqqan.

“Ushbu holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan tashqari, ham tojiklarni, ham qirg‘izlarni turli xil ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy xatti-harakatlarga da’vat qilish faktlari bo‘yicha dastlabki tekshiruv o‘tkazildi. Ushbu fakt bo‘yicha, Qirg‘izistonning 9 fuqarosi va Tojikistonning 9 fuqarosi gumon qilinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Hozirda Qirg‘iziston IIVning Rossiyadagi vakolatxonasi millatlararo mojaroning oldini olish uchun tushuntirish va profilaktik tadbirlarni olib bormoqda", - deyiladi qirg‘iz IIV xabarida. 

Bu birinchi mojaro emas

Bundan bir hafta oldin Rossiyaning boshqa bir shahri Yekaterinburgda ham qirg‘iz va tojiklar o‘rtasida ommaviy mojaro kelib chiqqan edi. Janjal bir nechta tojik yigitlarning qirg‘iz qizlarga gap otishidan boshlangan. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan WhatsApp'dagi guruhlarda tojiklar qirg‘izlarni o‘ldirgani haqida yolg‘on xabar tarqaldi. Xabarlarda tojiklarga qarshi birlashish va qasos olish so‘ralgan edi.

Moskvadagi yana bir etnik mojaro

23 iyul kuni Moskvada yana bir etnik mojaro kelib chiqdi. Xabaringiz bor joriy yilning 12 iyulidan beri Kavkazdagi ikki davlat Armaniston va Ozarbayjon chegarasida harbiy mojarolar va qurolli to‘qnashuvlar kelib chiqmoqda. Payshanba kuni shu ikki xalq vakillari Moskvada ommaviy mushtlashuvni yuzaga keltirgan (50 ga yaqin odam ishtirok etgan).

Foto: ARSIZ / Vk 

Rossiyadagi o‘zbek huquq faoli Zarnigor Omonullayeva bunday to‘qnashuvlarda "do‘stlari uchun" o‘zbek muhojirlar ham ishtirok etayotganini yozmoqda. "Mushtlashuvni to‘xtata olsangiz, to‘xtating. Oldini ololsangiz, oling. Lekin hech kimning tarafini olib, mushtlashib yurmang. Birinchidan, bu noqonuniy. Millatlaro to‘qnashuvni yoqlamang. Ikkinchidan, chet el fuqarosi bo‘lganingiz uchun, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra deport qilinasiz", - deya migrantlarni ogohlantirmoqda huquqshunos.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан