Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada qurilish ishlarida muxojirlar o‘rniga mahbuslar mehnatidan foydalanilmoqda
6.06.2021 18:23,  
180

Koronavirus pandemiyasi Rossiyada ishchi kuchi yetishmovchiligiga olib kelgani sababli muhojirlar o‘rniga mahbuslarni ishga jalb etish g‘oyasi «yashash huquqiga ega». Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Marat Husnullin aytib o‘tdi — deya xabar bermoqda ’Human.uz’ nashri. U hukumatda qurilish sohasini nazorat qiladi.

Husnullinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu g‘oya allaqachon Moskva va Podmoskoveda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, u mahbuslarning xohish-istaklarini hisobga olish kerakligini ham ta’kidladi.

Marat Husnullin o‘z intervyusida mazkur g‘oyani ilgari Federal jazolarni ijro etish xizmati (FSIN) bilan muhokama qilganini aytdi. Aynan FSIN direktori Aleksandr Kalashnikov mehnat muhojirlari o‘rniga mahbuslardan foydalanish taklifini ilgari surgan edi.

«Menimcha, bu g‘oya yashash huquqiga ega. Mahbuslarning istagiga qarab, albatta. Barcha mahbuslar ham buni xohlayvermaydi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi chog‘ida.

Marat Husnullin izoh berishicha, bu g‘oya yangi emas. Mayda jinoyatlar uchun sudlanganlarni qurilish maydonchalariga jalb qilish, masalan, Sovet Ittifoqining «I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari» filmida ham namoyish etilgan edi, deya esladi rasmiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi ham g‘isht zavodida mahkumlar bilan birga ishlagan.

«Ha, maxsus komendaturada, mahbuslar yotoqxonalarda yashagan, qurilishlarda yoki uy-joy kommunal xo‘jaligida, qishloq xo‘jaligida ishlagan. Ya’ni bu amaliyot edi. Mahkumlar vino zavodiga, qurilish maydonchasiga ishga taklif qilingan ‘I operatsiyasi’ filmi esingizdami?» —  dedi Husnullin.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kadrlar yetishmovchiligi va migrantlarning chiqib ketishi tufayli ishchi kuchi bahosi 50—100 foizga o‘sgan. Bu o‘z navbatida, qurilish narxiga ta’sir qiladi va uy-joy narxlarining oshishiga olib keladi. Marat Husnullinning aytishicha, mahbuslarni qurilish maydonchalarida ishlashga yollash bo‘yicha tajriba allaqachon Moskva va Moskva viloyatida o‘tkazilmoqda.

«Biz buni endi ‘Vostochniy’ poligonida ham sinab ko‘rishga e’tibor qaratmoqchimiz. Ushbu mintaqada tarixan ko‘plab qamoq joylari mavjud. Shuning uchun, u yerdagi mahbuslar lagerlarda bekor o‘tirish o‘rniga ishlasin», — dedi bosh vazir o‘rinbosari. «Ushbu mahbuslarning ish sifatini ‘Stroykontrol’ nazorat qiladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 1930—1950 yillarda SSSRda mahbuslar mehnatidan faol foydalanilgan. Mahbuslar o‘sha paytda barpo etilgan deyarli barcha yirik sanoat va transport inshootlarini qurishda ishtirok etgan.

Mahbuslarni yirik ob’yektlarda ishlashga jalb qilish g‘oyasi Rossiyada bir necha yildan beri turli darajalarda muhokama qilinmoqda. Xususan, 2015 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan FIFA—2018 chempionati uchun inshootlar qurilishida mahbuslar mehnatidan foydalanish rejalari taqdim qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан