Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada tibbiy qo‘lqop taqmaganlik uchun ham jarima qo‘llanadi
9.05.2020 12:47,  
178

12 maydan boshlab Moskvada karantin choralari kuchaytirildi: jamoat joylarida, do‘konlarda va jamoat transportida niqob va qo‘lqop taqib yurish kerak. Qoidabuzarlar jarimaga tortiladi.

"Agar odam niqob taqqan bo‘lsa, lekin qo‘lqopsiz bo‘lsa yoki aksincha, jarima bir xil bo‘ladi", - dedi Moskva hokimyatining asosiy nazorat bo‘limi rahbari Yevgeniy Danchikov.

Danchikovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora "sanitariya talablari va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash" bilan bog‘liq.

Hozirda jarima miqdori jamoat joylari va taksilar uchun 5000 rublni (688,6 ming so‘m), do‘kon va ofislarda esa 4000 rublni (550,9 ming so‘m) tashkil etmoqda.

Rus poytaxtida karantin qoidalari 31 maygacha davom etadi.

Hozirda Moskva shahrida 98,5 mingta koronavirus holati tasdiqlangan. 956 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан