Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning nomlari ma’lum qilindi
9.05.2020 20:39,  
1356

5 may, seshanba kuni Moskva viloyati Ramensk tumanida yashovchi o‘zbek migrantlarining uyi yonib ketgan edi.

Yong‘in erta tongda sodir bo‘ldi, uyning 100 kvadrat metr maydoni to‘liq yonib ketdi.

Rossiyaning RenTv telekanali ushbu yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning nomlari ma’lum qildi.

1. Gulmira Sattorova, 38 yosh

2. Zamira Sattorova, 44 yosh

3. Komila Bo‘riyeva, 30 yosh

4. Safarboy Abdimannonov, 24 yosh

5. Istam Safarov, 41 yosh

6. Doston Boboqulov, 22 yosh.

Ramenskdagi uyda 26 nafar mehnat muhojirlari yashagan. Yong‘in sababi sifatida elektr jihozidan noto‘g‘ri foydalanish ko‘rsatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан