Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvadagi karantin choralari Putin hokimiyatini uzaytirish uchun tugatilgani aytilmoqda
10.06.2020 10:39,  
693

Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bo‘lishiga, har kuni minglab odam virus yuqtirishda davom etayotganiga qaramay, epidemiya markazi bo‘lgan poytaxt Moskvada karantin tugatildi. 12,7 millionlik shaharda mart oxiridan beri ishlamagan ba’zi bizneslar va jamoat joylari ochildi.

Endi shaharning salkam 13 million sonli aholisi ko‘chaga hech qanday cheklovlarsiz bemalol chiqa olishi mumkin.

Kreml tanqidchilari nazarida, bu shoshma-shoshar qaror bo‘lib, Sobyanin 24 iyunga belgilangan G‘alaba paradi va 1 iyulga ko‘chirilgan referendumni o‘tkazish uchun shunday qilgan. Konstitutsiyaga tuzatish kiritishni ko‘zlagan referendumda Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning hokimiyati 2036 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

“Putin konstitutsiyasi”ga ovoz berish 1 iyul kuni o‘tkaziladi

Rossiyadagi o‘zgarishlardan Putinning maqsadi nima?

Sobyanin o‘z qarorini so‘nggi haftalarda koronavirusga chalinayotganlar soni shaharda kamaygani va odamlarda mas’uliyat hissi paydo bo‘lgani bilan izohlamoqda.

Sog‘liqni saqlash xodimlari esa epidemiyaning ikkinchi to‘lqini kelishidan xavotirda.

Moskva metrosidagi aksariyat yo‘lovchilarning niqobda yurganini ko‘rish mumkin. Rossiyada koronavirusga uchraganlar 485 mingdan oshgan bo‘lsa, so‘nggi bir kunda salkam 8600 odam virus yuqtirgan, shulardan 1500 dan ziyodi moskvaliklar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан